BMTTD O‘zgidromet bilan qo‘shma loyiha bo‘yicha uchrashdi
22.12.2021
Yevropa Ittifoqi (European Union in Uzbekistan) tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” O‘zgidromet (Uzhydromet) bilan qo‘shma loyihasi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. BMTTD jamoasi Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib, iqlim o‘zgarishi muhitida barqaror rivojlanish va iqlim o‘zgarishining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini hamda qo‘shma loyihani amalga oshirishdagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Mazkur hududiy tadbir Farg‘ona vodiysida barqarorlikni ta’minlash maqsadida hokimliklar, gidrometeorologiya va favqulodda vaziyatlar xizmatlari vakillari hamda suv, energetika va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari uchun tashkil etildi.