24-27 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

24-27 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

22.12.2021

24-27 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 24 dekabrda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
25 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 26-27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 25 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi
3° sovuq-2° iliq, 26 dekabrda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 27 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 25 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 26 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 27 dekabrda kechasi
3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24 va 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
24 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 25 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq,
26 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 27 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi
2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.

 QASHQADARYO, SURXONDARYO, VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24 va 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
24 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 25 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq,
26 dekabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 27 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 25 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 26 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 27 dekabrda kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24 va 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25-26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-25 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,
26-27 dekabrda kechasi 7-12° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.