Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi

17.12.2021

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda  kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi

Bugun respublika bo‘yicha 7-12° iliq bo‘lgan harorat bilan iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy hududlarga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, buning hisobiga faqat kechki soatlarda Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Havo harorati kechasi 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi, kunduzi 14-17° iliqgacha ko‘tariladi.

Yakshanba kuni ko‘pchilik viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kuzatiladi. Tog‘larda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning shimolida biroz yomg‘ir yog‘ishi ertalab to‘xtaydi. Harorat kechasi 0-5° iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi 8-13° iliqqacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.