14 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.12.2021
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 14-15 dekabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo, so‘ngra Ural hududlaridan sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi.
14 dekabr kunlari respublikada vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha havo haroratini me’yordan 8-10o pasayishi kutilmoqda.
14-15 dekabr kunlari havo harorati kechalari 3-8o sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5o iliqgacha, shimolda kechalari 7-12o sovuqgacha, ba’zi joylarda 14-16o sovuqgacha, kunduz kunlari 3o sovuq 2o iliqgacha pasayadi.
14 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq, shimolda 1-6o sovuq boʼladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2o iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o sovuq boʼladi.