15-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

15-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

13.12.2021

15-18 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 0-5° iliq,
16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 17-18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
2-7° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 15 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 17-18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi
5-10° iliq; 18 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq; Navoiy viloyatining shimolida
15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 17-18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq,
17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 18 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
8-13° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq,
17 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 18 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 16-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16-17 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 18 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, 16-18 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi,
16-18 dekabrda kechasi 2-7° sovuqgacha, kunduzi 2-7° iliqgacha ko‘tariladi.