Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining me’yoriy qiymatlargacha pasayishi kutilmoqda
10.12.2021
Bugun respublika hududida havo harorati 16-18° iliq, janubiy tumanlarda 20-21° iliqgacha bo‘lgan quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, bu me’yordan 9-11° ga yuqoridir.
Ertaga Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Buning sababi Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishidir. Havo harorati kechasi 2-7° iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 10-15° iliqgacha pasayadi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, kunduzi havo harorati pasayishda davom etadi va 4-9° iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Bunday harorat ushbu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi.