12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

10.12.2021

12-15 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 12 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 13-15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 13 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi
1-6° sovuq; 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14-15 dekabrda kechasi 10-15° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq; 13 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 14 dekabrda kechasi 2-7° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliqgacha; 15 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 14-15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 14 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq;
15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 12 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq;
15 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 12 va 15 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik yomg‘ir yog‘adi. 14 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 13 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 12 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, 14-15 dekabrda yomg‘ir qorga aylanadi). Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 13 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq;

14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. 13 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi
2-7° iliq bo‘ladi, 13-15 dekabrda kechasi 7-12° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.