O‘zgidrometda 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zgidrometda 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

07.12.2021

O‘zgidrometda 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2021 yil 7 dekabr kuni O‘zgidrometda 8-dekabr - “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ga hamda 10-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun”ga bag‘ishlangan “Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev ochib berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi eng avvalo barchamizga O‘zbekiston ozodligining shahodati sifatida qadirlidir.

Har bir xalqning Konstitutsiyasi uning o‘ziga xos madaniyati, shart-sharoiti va qadriyatlarini aks ettiradi. Qolaversa Konstitutsiya har bir fuqaroning umumjahon huquqlarini belgilovchi va himoya qiluvchi asosiy hujjat sanaladi.

Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konsititutsiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini  alohida ta’kidlash  joiz.

Konstitutsiyamiz yuksak adolat, insonparvalik, haqqoniylik tamoyillarini o‘zida jamlagan bo‘lib, xalqaro standartlarga to‘la javob beruvchi puxta, izchil qoidalar to‘plami hisoblanadi. Oqilona ishlab chiqiligan qonun davlat va jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiladi. Shu ma’noda, Konstitutsiyamiz mustaqil mamlakatimizning ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy yuksalishiga asosiy omil, poydevor deyish mumkin. O‘zgidromet xizmati markazi tizimida olib borilgan va hozirda davom ettirilayotgan jamiki islohatlarning bosh mazmun-mohiyati respublikamizning Bosh qomusi bilan g‘oyat mushtarakligi hamohangligi barchamizga ayondir. Bu kabi aniq maqsadli va izchil tadbirlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Bir so‘z bilan aytish mumkinki, bunday muvaffaqiyatlar – mamlakatimiz Konstitutsiyasida belgilab berilgan imtiyoz va imkoniyatlar evaziga albatta.

Bugungi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda xalqimiz suyukli san’atkori qiziqchi Nodir Hayitov (Nodir lo‘li laqabi bilan tanilgan) hamda Botir Zokirov nomidagi "Jaz ansonbili" salisti Sabina Tursunova ishtirokida ko‘taringki ruhda bo‘lib o‘tdi.