9-12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
07.12.2021
9-12 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 9-10 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
7-12° iliq; 10-12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliqgacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 9-10 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 11 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
11 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 12 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
9-10 dekabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 13-18° iliq; 11 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 12 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-10 dekabrda 15-20° iliq; 11-12 dekabrda 11-16° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-11 dekabrda 8-13° iliq;
12 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 9-11 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 9-10 dekabrda 5-10° iliq; 11-12 dekabrda 0-5° iliqgacha pasayadi.