Ushbu haftada ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi

Ushbu haftada ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi

06.12.2021

Ushbu haftada ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmaydi

Bugun respublika hududi bo‘yicha quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 9-14° iliq bo‘ladi.

Seshanba va chorshanba kunlari Qozog‘iston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq havo kirib keladi, bu faqat O‘zbekistonning harorat foniga ta’sir qiladi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 9-14° iliq atrofida saqlanib turadi.

Payshanba va juma kunlari Erondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari 15-17° iliqqacha ko‘tariladi.

8 dekabrda shimoliy tumanlarda, 9-10 dekabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tuman tushishi mumkin.