Ijtimoiy tarmoqlarda soxta ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan

Ijtimoiy tarmoqlarda soxta ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan

03.12.2021

Ijtimoiy tarmoqlarda soxta ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan

Hurmatli poytaxtliklar, ijtimoiy tarmoqlarda soxta ma’lumotlar tarqalayotgani munosabati bilan O‘zgidromet respublikada iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘yicha gidrometeorologiya sohasidagi yagona vakolatli davlat organi ekanligini ma’lum qilamiz.

O‘zgidromet 30 noyabr kuni quyidagi shoshilinch ma’lumotlarni e’lon qildi: Ushbu yilning 1-2 dekabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havoni kirib kelishi kutilmoqda. Havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida 1-2 dekabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda
25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, shuningdek, ayrim viloyatlarda va tumanlarda changli bo‘ron va chang g‘uborlar ko‘tarilishi mumkin.

1-2 dekabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan juda iliq va quruq havoni kirib keldi. Respublika bo‘yicha anomal iliq ob-havo kuzatildi. Hududning katta qismida kunduz kunlari havo 21-24o iliqgacha, janubda 25-28o iliqgacha isidi.

Qish boshida haroratning bunday ko‘rsatkichlari me’yoriy qiymatlardan 12-15o ga yuqori bo‘ladi va kamdan kam hollarda kuzatiladi.

Havo haroratining keskin ko‘tarilishi fonida 1-2 dekabr kunlari respublika bo‘yicha shamolning 17-22 m/s gacha kuchayishi kuzatildi. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gacha yetdi.

Ba’zi joylarda shamolning kuchayishi changli bo‘ron va chang g‘uborlari bilan kuzatildi

Respublikaning markaziy hududlarida va Toshkent shahrida kuchli shamollar va changli bo‘ronlar kuzatilmadi.

3 dekabr kuni O‘zbekiston hududida kuchli shamollar esishi to‘xtadi. chang asta-sekin qo‘ndi.

Atmosfera havosi ifloslanishining monitoringi 2 ta avtomatlashtirilgan stansiyasi ma’lumotlari bo‘yicha atmosfera havosining mayda dispersli zarralar bilan ifloslanishi soat 17:00 da kuzatildi va 1,2 REMni tashkil etdi (me’yordan 0,2 baravar ko‘p). Atmosfera havosining ifloslanishi ifloslanishning antropogen manbaalari (avtotransport vositalarining intensiv xarakatlanishi, qurilish ishlari, va meteosharoitlar) bilan bog‘liq bo‘ldi. Kun davomida atmosfera havosi ifloslanishi bo‘yicha oshish kuzatilmadi.

Atmosfera havosi ifloslanishining qisqa muddatli oz miqdorda  oshishi inson salomatligiga zararli ta’sir qilmaydi.