Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining (IIG) ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining (IIG) ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

03.12.2021

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining (IIG) ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Avenue Park Hotel" dam olish maskanida, BMTTD ko‘magida, Yashil iqlim jamg‘armasi (YaIJ) tomonidan moliyalashtirilgan "Iqtisodiyotning zaif tarmoqlari va mintaqalarga yo‘naltirilgan O‘zbekistonda o‘rta va uzoq muddatli moslashish chora - tadbirlari va harakatlarini rejalashtirishni targ‘ib qilish maqsadida milliy moslashtirish rejasi (MMR) loyihasi doirasida" O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi qoshidagi Ilmiy-tadqiqot gidrometeorologiya instituti vakillari ishtirokida Idoralararo ishchi guruhining (IIG) ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zgidrometning gidrometeorologiya va iqlim o‘zgarishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Janob Rustam Shukurov, loyiha menejeri Murodjon Ismoilov, shuningdek, BMTTD atrof-muhit va iqlim bo‘limi boshlig‘i, va barcha vazirliklarning mutaxassislari - IIG a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda IIG a’zosi maslahatchilari, iqlim o‘zgarishiga moslashish jarayonini, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida tarmoq maslahatchilarining ish natijalarini targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini taqdim etdilar. Shuningdek, MMR bo‘yicha texnik salohiyatni oshirish, MMR bo‘yicha ko‘rsatkichlarni muhokama qilish, O‘zgidrometning kommunikatsion strategiyasini muhokama qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda yo‘naltirilgan loyiha doirasida ishlab chiqilgan rejalar, dasturlarni muhokama qilish va tasdiqlashga qaratildi.