Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda

03.12.2021

Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining pasayishi kutilmoqda

Issiq kunlardan so‘ng bugun shimoli-g‘arbiy hududlarga Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib keladi, qolgan hududlar hali ham issiq sektorda bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliqqacha isiydi.

Ertaga Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi 5-10° iliqni, kunduz kuni 9-14° iliqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha  hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me’yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 5-10° iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 3-8° sovuqgacha, kunduz kuni 0-5° sovuqgacha bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.