2-5 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

2-5 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

30.11.2021

2-5 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 2 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-5 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-5 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 3 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 4-5 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-5 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat  2 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi
20-25° iliq; 
3 dekabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 4 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 5 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 dekabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-5 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, 2 dekabrda ba’zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2 dekabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 19-24° iliq; 3 dekabrda kechasi 6-11° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 4-5 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 dekabrda Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarga biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-5 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,  2-3 dekabrda ba’zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayadi, 2 dekabrda ba’zida esa 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat
2 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq; 3 dekabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 4-5 dekabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3-5 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi,  faqat 3 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tumuan tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 dekabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 10-15° iliq, 3-5 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi
5-10° iliq bo‘ladi.