QISH BIZNI ANOMAL HARORAT BILAN QARSHILAYDI!
29.11.2021
![QISH BIZNI ANOMAL HARORAT BILAN QARSHILAYDI!](/sites/default/files/styles/large/public/2021-11/photo_2021-08-16_10-13-00_3.jpg?itok=trjNK25u)
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va ochiq kun bo‘lishi kutilmoqda, tushdan so‘ng havo 12-17° iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6° iliqni tashkil etadi.
Qishning birinchi kunlari mamlakatimiz aholisini anomal iliq ob-havo bilan qutlaydi, 1-2 dekabrda horijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9° iliqqacha, kunduz kunlari 17-22° iliqqacha ko‘tariladi, bu dekabr oyi boshi uchun bo‘lgan me’yordan 8-11° ga yuqoridir.
Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikamizning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg‘ona viloyatidan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me’yordan yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18o iliqni tashkil etadi.