26-28 NOYABRGA PROGNOZ
26.11.2021
Kecha kechqurun O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yidan nisbatan sovuq va nam antisiklon kirib keldi.
Kechasi respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘di, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ldi. Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.
Ertalabga kelib, kirib kelgan front O‘zbekistonning eng sharqiy hududlari tomoniga qarab siljidi.
Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida quruq va salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 7-12° iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo bulutli, ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘adi.
Shanba va yakshanba kunlari sovuq antisiklon respublikamiz hududidan asta-sekin chekinadi. Respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Kechalari va ertalablari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh nurlari havoni 13-15° iliqqacha isitadi. Respublikaning shimolida harorat kechalari 6-9° iliq, kunduz kunlari 4-7° iliq atrofida bo‘ladi.