Radar meteorologiyasi instituti” MChJ vakillari bilan uchrashuv

  Radar meteorologiyasi instituti” MChJ vakillari bilan uchrashuv

25.11.2021

  Radar meteorologiyasi instituti” MChJ vakillari bilan uchrashuv

    2021-yil 24-23-noyabr kunlari Radar meteorologiyasi instituti MChJ (IRAM Sankt-Peterburg) rahbariyati taklifiga binoan O‘zgidrometda Fuqaro aviatsiyasini meteorologik taminlash sohasida qo‘shma hamkorlik bo‘yicha mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Radar meteorologiyasi instituti aviatsiyani meteorologik ta’minlash tizimining to‘liq tarkibini ishlab chiqdi, bu Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) talablariga muvofiq aeroport faoliyatini meteorologik ta’minot nuqtai nazaridan ta’minlash imkonini beradi.

Radar meteorologiyasi instituti Sifat menejmenti tizimiga muvofiq mahsulotlarni ishlab chiqadi va o‘z mahsulotlari uchun, Rossiya Federatsiyasi Davlat standarti va Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining barcha zarur sertifikatlari va litsenziyalariga ega.

Radar meteorologiyasi instituti mutaxassislari va O‘zgidromet xodimlari bilan birgalikda bo‘lib o‘tgan hamkorlikdagi yig‘ilishda Fuqaro aviatsiyasini meteorologik ta’minlash boshqarmasi, Toshkent meteorologiya stansiyasi, “Meteoinfocom” DM, Infratuzilma va yer usti tarmoqlari muhandislik xizmatlari boshqarmasi, Suv kadastri va meteorologik o‘lchovlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.

IRAM mutaxassislari tomonidan hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi, ular katta qiziqish va faol muhokamalarga sabab bo‘ldi. Olingan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 17 noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi «Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»(PQ-4896-son) qarorini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi» qoidalarini amalga oshirish jarayonida qarorlar qabul qilish uchun asos bo‘ladi.