O‘zbekistonda haftaning katta qismida ob-havo iliq, lekin ba’zi joylarda yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda haftaning katta qismida ob-havo iliq, lekin ba’zi joylarda yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

22.11.2021

O‘zbekistonda haftaning katta qismida ob-havo iliq,  lekin ba’zi joylarda yomg‘irli bo‘lishi kutilmoqda

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, Qizil-O‘rda bo‘ylab bulutlarning o‘tishi hisobiga faqat Toshkent viloyatida kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliqgacha isiydi, bu me’yordan 3-5° ga yuqoridir.

23-24 noyabr kunlari anomal iliq ob-havo saqlanib turadi, biroq Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda. 23 noyabrda respublikaning janubi-g‘arbiy, 24 noyabrda janubiy tumanlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat fon 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.

25-26 noyabr kunlarida O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan yana antisiklon kirib kelishi kutilmoqda. 25 noyabrda respublikaning shimoliy hududlariga, 26 noyabrda respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechalari bulutlilik bilan 9-11° iliqgacha ko‘tariladi, 26 noyabrga kelib esa kunduz kunlari me’yoriy qiymatlargacha pasayadi va 8-13° iliqni tashkil etadi.