MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I!
18.11.2021
1991 yil 18 noyabr -- O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun: Muqaddasdir vatan bayrog‘i!
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, fahr va iftihor bag‘ishlaydi.
Har tong mustaqil davlatning bir fuqarosi sifatida uyg‘onar ekanmiz, tinch va osuda o‘tayotgan umrimiz sermazmun, barokatli kechirayotgan hayotimiz uchun shukrona keltiramiz. Bugun fayzli kunlarimiz sababchisi bo‘lmish mustaqilligimizning ramzlaridan biri, fahrimiz, har bir o‘zbek fuqarosining g‘ururiga aylangan O‘zbekiston respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Ushbu sana bilan barcha-barchangizni muborakbod etamiz. Har doim, har yerda ko‘zimizni quvnatib, yuraklarimizni yayratib hilpirab turaversin.
O‘zgidromet jamoasi bugungi muborak sana bilan tabriklaydi.
O‘zgidromet axborot xizmati