2021 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida mayda dispersli zarralar bilan ifloshlanish
17.11.2021
2021 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida atmosfera yog‘inlarining ifloslanishi
17 noyabr kuni Toshkent shahrida qor qatlamining qalinligi 13 sm ni tashkil etdi. pH (kislotalilik), elektr o‘tkazuvchanlik va ion tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olindi. Qordan namuna olishda ifloslangan qor qatlami (qizg‘ish, loy rangi) yaxshi kuzatildi.
O‘zgidromet meteomaydonchasidan 10:30 da olingan qor namunalari tahlili quyidagilarni ko‘rsatdi: qorning pH 9,6 ni tashkil etdi – ishqorli muhit. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2 ni tashkil etdi, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi. Atrof muhitga ko‘p miqdordagi changni kelishi qorning kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keldi, unda chang tarkibiy qismlarining erishi hisobiga kalsiy, magniy, gidrokarbonatlar ionlari miqdori oshdi.
16:30 da olingan qor namunalari tahlili pH ishqorli muhitga mos darajada qolganini ko‘rsatdi. Elektr o‘tkazuvchanlik deyarli bir yarim martaga pasaydi, bu atmosferani tozalanganligi to‘g‘risida dalolat bo‘ladi.
Qordagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori sezilarli darajada emas va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.
Kun davomida Toshkent shahri atmosfera havosidagi muallaq zarralar miqdori ruxsat etilgan me’yordan o‘rtacha 1,4 marta oshdi.
Yog‘inlar yoqqanda birinchi yarim soatda tashqarida bo‘lish tavsiya etilmaydi, chunki bu vaqtda asosiy ifloslanish miqdori atmosferadan yuviladi