Toshkent shahrida mayda zarralar bilan iflosnanish

Toshkent shahrida mayda zarralar bilan iflosnanish

17.11.2021

Toshkent shahrida mayda zarralar bilan iflosnanish

2021 yil 17 noyabr kuni Toshkent shahrida atmosfera yog‘inlarining ifloslanishi

        17 noyabr 6:00 da Toshkent shahrida iflos qor yog‘di.  10:30 da qor qatlami  12 smni tashkil etdi. pH (kislotalilik), elektr o‘tkazgichlilik va ion tarkibini aniqlash uchun qordan namunalar olindi. Qor namunalari olinganda ifloslangan qor qatlamlari (qizg‘ish loy rangi) kuzatildi. Ifloslangan qor yog‘ishiga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan  qum bo‘ronlari sabab bo‘ldi. Agar Toshkentda 14 noyabrda yog‘inlar yog‘ib havo tozalangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida esa yog‘inlar bo‘lmadi. 17 noyabrda respublikaning butun xududiga shamolning tezlashishi va ba’zi joylarda qumli bo‘ron bilan sovuq nam havo massasi kirib keldi.

        Shamol tezligidan ko‘tarilgan chang masofaga ko‘chdi va tuproq va qum rangini bo‘yab Toshkent shahriga cho‘kdi.

        Atmosfera havosi tahlil natijalari ko‘rsatkichlari: qorning pH-9,6 ni tashkil etdi-ishqorli muhit. Odatda pH-7 bo‘ladi. Elektr o‘tkazuvchanlik 73,2 ni tashkil etdi, bu anionlar va kationlarning uncha katta bo‘lmagan konsentratsiyasidan dalolat bo‘ladi va inson salomatligiga ziyon yetkazmaydi.

        5:10 da Toshkent shahrida atmosfera haosida muallaq zarralarning keskin oshishi qayd etildi, ular 2.3 REMni tashkil etdi. Yog‘inlar yog‘ishi natijasida havoni tozalanishi  sodir bo‘ladi.