17 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

17.11.2021

MUHIM HODISALAR

 

17 noyabrda respublika boyicha qor yogadi, togoldi va togli hududlarda bazi joylarda kuchli boladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir qorga aylanadi). Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkini.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari
0-3° sovuqgacha pasayadi.

 

 

17 NOYABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi). Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0o atrofida, shimolda 3o sovuqgacha boʼladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0o atrofida boʼladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo bulutli boʼladi, togʼ oldi va togʼli hududlarda qor yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli boʼladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat

2-7o sovuq boʼladi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.