17 noyabrga ob-havo prognozi
17.11.2021
17 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
**Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Rossiya hududidan nam va sovuq havo masslari kirib keladi. Respublika bo‘yicha qor yog‘adi. Farqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechga tomon biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo’llarda yaxmalak yuzаga keladi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 0o atrofida, shimolda 3o sovuqgacha bo‘ladi.
**Poytaxtimizda**havo bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0o atrofida bo‘ladi.
**Tog‘li hududlarda**qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushadi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati 2-7o sovuqgacha pasayadi. Yo’llarda ba’zi joylarda qor uymlari, yaxmalak yuzаga keladi.