16 NOYABRGA OB-HAVO BASHORATI 15 noyabr soat 20 dan – 16 noyabr soat 20 gacha

16 NOYABRGA OB-HAVO BASHORATI 15 noyabr soat 20 dan – 16 noyabr soat 20 gacha

15.11.2021

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 16 noyabr kuni Ozbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga boyi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16-17 noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, ba’zi joylarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16 noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17-18 noyabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16-17 noyabrda shimolda,
17-18 noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° iliqgacha, shimolda kechalari 12-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-3° sovuqgacha pasayad
i.

 

16 NOYABRGA OB-HAVO BASHORATI

15 noyabr soat 20 dan – 16 noyabr soat 20 gacha

 

TOSHKENT SHAHRI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3° iliq, kunduzi 14-16° iliq bo‘ladi.

 

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI

Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan
23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida changli bo‘ron bilan 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

 

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.