Jizzax viloyatida yangi avtomatik agrometeorologik stansiya ishga tushirildi

Jizzax viloyatida yangi avtomatik agrometeorologik stansiya ishga tushirildi

12.11.2021

Jizzax viloyatida yangi avtomatik agrometeorologik stansiya ishga tushirildi

Avtomatik agrometeorologiya stansiyalari

Ma’lumki, Qishloq xo‘jaligi ekinlarining holati, rivojlanishi va hosildorligiga ob-havo sharoitlari katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shu sababdan, O‘zgidromet, o‘z faoliyatida, ob-havo sharoitlarining qishloq xo‘jaligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha ham ishlarni olib boradi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ekiladigan asosiy ekinlar (paxta, bug‘doy, va h.k.) monitoringi olib boriladi.

Hozir, O‘zbekistonda mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozorlarida ilgari surish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish hamda import hajmini kamaytirish choralarini ko‘rish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi PF-5708-son farmoni)

Unga ko‘ra, yangidan yangi, raqobatbardosh qishloq xo‘jalik ekinlari, mevali daraxtlar ekilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, ob-havo sharoitlarini qishloq xo‘jaligiga ta’sirini aniqlash, xavfli gidrometeorologik hodisalar haqida ogohlantirish va ularning oldini olishda katta ahamiyat kasb etadi.

Yuqoridagi masalalarni yechish maqsadida, O‘zgidromet tomonidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, jumladan: hozirgi kunda, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan, jami: 12 ta zamonaviy avtomatlashtirilgan agrometeorologiya stansiyalari o‘rnatilgan bo‘lib, shu orqali qishloq xo‘jaligi ekinlari monitoringi tizimini oshirish, xavfli gidrometeorologik hodisalarni ogohlantirish va oldini olish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali o‘tkazish, shuningdek, hududning iqlimiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jalik navlari bo‘yicha tavsiyalar berish imkoniyatlariga erishildi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan agrometeorologiya stansiyalari sinov tariqasida Jizzax va Qashqadaryo viloyatlariga o‘rnatilgan bo‘lib, kelgusida bunday stansiyalar bilan Respublikamizni to‘liq qamrab olish ko‘zda tutilgan.

Avtomatlashtirilgan agrometeorologiya stansiyalari odatdagi meteorologik stansiyalardan farqli o‘laroq 18 turdan ziyod ma’lumotlarni 10 minut oralig‘ida o‘lchash imkoniyatini beradi (meteorologik stansiyalarda 9 ta).

Bular:

•  Havo harorati;

•  Shudring nuqtasi;

•  Nisbiy namlik;

•  Ayni damdagi atmosfera bosimi;

•  So‘nggi 10 minutdagi dengiz balandligiga keltirilgan o‘rtacha atmosfera bosimi;

•  So‘nggi 10 minutdagi yog‘ingarchilik miqdori;

•  So‘nggi 10 minutdagi shamolning o‘rtacha yo‘nalishi;

•  So‘nggi 10 minutdagi shamolning o‘rtacha tezligi;

•  So‘nggi 10 minutdagi quyosh radiatsiyasining o‘rtacha qiymatlari;

•  5, 10, 15, 20 sm chuqurlikdagi tuproq harorati;

•  5, 10, 15, 20 sm chuqurlikdagi tuproq namligi;

•  Qor balandligi.