14-17 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
12.11.2021
14-17 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 noyabrda ba’zi joylarda biroz qor yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 16 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 17 noyabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 16 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 17 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 14-15 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 17 noyabrda kechasi va kunduzi
5-10° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 17 noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 14 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17 noyabrda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 15 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 16 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 17 noyabrda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 15 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 14 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 16 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqgacha o‘zgarib turadi, kunduzi 14-15 noyabrda 4-9° iliq, 16 noyabrda 8-13° iliq, 17 noyabrda 0-5° iliq bo‘ladi.