Xalqaro treningning onlayn seminarida aviatsiya meteorologlarining ishtiroki

Xalqaro treningning onlayn seminarida aviatsiya meteorologlarining ishtiroki

11.11.2021

Xalqaro treningning onlayn seminarida aviatsiya meteorologlarining ishtiroki

JMT standartlari va tavsiyalariga yo‘naltirilgan turli o‘quv tadbirlarida ishtirok etish orqali xodimlarning uzluksiz malakasini oshirish aviatsiyaga meteorologik xizmat ko‘rsatishni samarali ta’minlash uchun zarur shartlardan biridir.

Ushbu faoliyat doirasida aviatsiya meteorologlari ishtirok etishlari uchun xalqaro trening onlayn seminari tashkil etildi. Seminar 2021 yil 2-4 noyabrda Birlashgan Qirollik meteorologiya byurosi va Singapur meteorologiya xizmati tomonidan, Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) ko‘magida tashkil etildi. Seminarda JMTga a’zo mamlakatlardan 24 nafar vakil ishtirok etdi.

Seminar mavzusiga aviatsiya uchun axborot xabarlaridan xavfli ob-havo hodisalari (SIGMET) bo‘yicha mashg‘ulotlar kiritildi, ularni JMT vakolati doirasida o‘rganish shuningdek, iqlim o‘zgarishining aviatsiyaga ta’siri va meteorologik stansiyalarning ishlashi bo‘yicha umumiy majlisda ko‘rib chiqildi.

Seminar juda mazmunli, qiziqarli o‘tdi va foydali bo‘ldi. Seminardan oldin materialni o‘rganish, shuningdek, bajarilishi kerak bo‘lgan vazifalar taqdim etildi.

Bajarilgan vazifalar tahlili, tashkilotchilarga eng qiziquvchan ishtirokchilar qo‘ygan masalalarga e’tibor qaratish imkonini berdi.