4-6 noyabr kunlari davrida chang g‘ubor vaqtida atmosfera havosi ifloslanishi

4-6 noyabr kunlari davrida chang g‘ubor vaqtida atmosfera havosi ifloslanishi

09.11.2021

4-6 noyabr kunlari davrida chang g‘ubor vaqtida atmosfera havosi ifloslanishi

4-6 noyabr kunlari davrida chang g‘ubor vaqtida atmosfera havosi ifloslanishi

        2021 yil 4 noyabr kuni O‘zbekiston xududiga Ural xududlaridan sovuq havo oqimi kirib keldi.

        Sovuq front zonasida shamolning kuchayishi 12-15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ba’zi joylarida 20-25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

        Shamol ta’sirida tuproqning yuqori qurigan ustki qatlami ko‘tarilib, respublikaning bir qator hududlariga ko‘rishning 100-200 m gacha yomonlashishi bilan changli qumli tuman ta’sirini yuzaga keltirdi. Atmosfera havosida changning miqdori keskin o‘sdi.

        4 noyabrda havoda chang miqdori bo‘yicha  maksimal ahamiyatlilik: Guliston, Olmaliq shahrida 20 REM, Chirchiq-26 REM, Toshkent-33 REM, Bekobod-18 REM, Angren-8 REM, Buhoro shahri-14 REM, Navoiy shahri-8 REM, Samarqand – 4 REM, Sariosiyo, Namangan, Urganch, Farg‘ona, Qo‘qonda tahminan 2 REM.

        Tungi soatlarda atmosferaning quyi qatlamlarida hosil bo‘lgan iversion to‘xtatuvchi qatlam natijasida yerning ustki qatlamida havoning past darajasi  changning tarqalishiga to‘sqinlik qildi.

        5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va 2 dan 8 REM darajasigacha yetdi.

        8 noyabr kunduz kuni Respublikada atmosfera havosi ifloslanishi faqat ayrim shaharlarda ruxsat etilgan ahamiyatlilikdan yuqori bo‘ldi.

 

 

         Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi ustidan kuzatuvlar avtomatlashtirilgan monitoring stansiyalaridan har soatda amalga oshirildi. Boshqa shaharlarda kuzatuvlar diskret tartibda olib borildi.