2021 yil 5-6 noyabrga Toshkent havosidagi mayda zarralarning tarkibi
06.11.2021
2021 yil 6 noyabrdagi chang-qumli g‘ubor oning ifloslanishi.
Soat 13:00 da olib borilgan atmosfera havosi changi monitoringi natijalariga ko‘ra ifloslanish ruxsat etilgan konsentratsiyasidan 5,5 daraja oshgani qayd etildi. Transport vositalarini jadal harakatlanishi va shamolsiz havo tufayli ifloslanish darajasi yuqori darajada turibdi.
Sovuq havo massasida hosil bo‘lgan atmosferaning quyi qatlamlaridagi inversion qatlam chang tarqalishiga to‘sqinlik qilyapti.
Kun davomida Toshkentda meteorologik sharoitlarni sezilarli o‘zgarishi kuzatilmaydi. Kun davomida quruq va shamolsiz ob-havo saqlanib qoladi.
Kechki soatlarda kuzatilgan past haroratlar atmosferada inversion qatlamini saqlanib qolishiga olib keldi va chang tarqalishiga to‘sqinlik qildi. Kunduz kuni havoning isishi atmosferada changni tarkibi sezilarsiz kamayishiga olib keladi, ammo changli g‘uborni butunlay yo‘qolishi kutilmaydi.