Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan MA’LUMOT
05.11.2021
Joriy yilning 4 noyabr kuni kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududlariga Qozog‘iston viloyatining janubiy viloyatlari orqali Ural-Volgabo‘yi hududlaridan sovuq qutb antisikloni front old qismi kirib keldi. Shuningdek, Janubiy Qozog‘istonning markaziy hududlarida (Chimkent viloyati) shimoliy yo‘nalishda kuchli shamollar kuzatildi.
Qozog‘istondan kirib kelgan kuchli shamollar Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida davom etdi. Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatida shamol tezligi maksimal 20-25 m/s ga yetdi. Kechga tomon Qozog‘iston janubidan esgan kuchli shamollar Sirdaryo viloyati orqali o‘z yo‘nalishini g‘arbiy va janubi g‘arbiy tomonga o‘zgartirdi. Davomli esgan kuchli shamollar natijasida cho‘l landshaftga ega hududlardagi tuproq sirtidagi chang va qum zarralari havoga ko‘tarilib, chang bulutini hosil qildi. Chang buluti shamol yo‘nalishi bo‘yicha avval Sirdaryo viloyatiga so‘ngra Toshkent viloyati va Toshkent shahrining atmosfera xavosida chang-bo‘ron va g‘uborni keskin ortib ketishiga sabab bo‘ldi. Chang bo‘ronlari va g‘ubor atmosfera xavosining ko‘rinish darajasini Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 500-1000 metrga, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha chegaraladi.
Ushub hodisa Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyati hududlarida ham kuzatilib, ushbu viloyatlar hududida ko‘rinuvchanlik 1000 metrdan past darajaga ega changli-g‘ubor qayd etildi.
4 noyabrdan 5 noyabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Chimkent viloyati, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ko‘tarilgan chang va qum zarralarining ma’lum bir qismi atmosferaning yuqori qatlamlarida qo‘shni Tojikistonning So‘g‘d viloyati Xo‘jand tor darasi orqali “Qo‘qon” shamollari ko‘rinishida Farg‘ona vodiysiga kirib keldi. Ayni dam vodiy viloyatlarining ayrim hududlarida ko‘rinuvchanlik 1000 metrdan past cheklanishiga ega chang-g‘ubor hodisasi kuzatilmoqda.
Ma’lumot uchun: O‘zgidromet tomonidan olib borilayogan kuzatishlar davomiyligi (150 yil) natijasida bunday holat ilgari kuzatilmagan. Respublika hududlarida keskin shamollar natijasida iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, chang-g‘ubor hodisalari kuzatilgan hamda ushbu jarayonlar shamol to‘xtashi bilan 15-20 daqiqa vaqt oralig‘ida tarqalgan.
Respublikamiz hududida joriy yilning 12 noyabr kuniga qadar yog‘ingarchiliklarni (janubiy viloyatlardan tashqari) kuzatilmasligi turli xil iqlimiy model, sun’iy yo‘ldoshlardan olinayotgan real vaqtdagi tasvirlar, yer usti va atmosfera qatlamlaridagi ob-havo xaritalari tahlili asosida mutaxassislar tomonidan porognoz qilinmoqda. Mutaxasislar tahliliga ko‘ra, atmosfera xavosida chang-g‘uborlarini yaqin kunlar ichida saqlanib qolish ehtimolligi mavjud.
Toshkent shahrida atmsofera xavosini chang-g‘uborlar bilan me’yordan ortiq ifloslanishi bo‘yicha
Toshkent shahrida mahalliy vaqt bilan 18:21 da atmosfera xavosining ko‘rinuvchanligi 200 metrdan past darajada kuzatilib, havodagi nisbiy namlik omili bilan birgalikda chang-g‘ubor hodisasi qayd etildi. O‘zgidrometning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini ifloslantiruvchi moddalar tahlilini yurituvchi avtomatik statsionar kuzatuv postlarida chang miqdori keskin ko‘tarila boshladi. Avvaliga chang miqdori ruxsat etilgan me’yordan 5 barabarga, keyinroq mahalliy vaqt soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha ko‘tarilishi qayd etildi.
Mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdorini pasayish tendensiya kuzatildi va bu davr oralig‘ida chang miqdori ruxsat etilgan me’yoriy ko‘rsatkichdan 10 barobar yuqoriligi saqlanib qolmoqda.