7-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

7-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

05.11.2021

7-10 NOYABRGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 8 noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 9 noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 9-14° iliq; 10 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 7 noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 8 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq; 9-10 noyabrda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq; 8-10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi
11-16° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 7 va 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq; 8-10 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-16° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 va 10 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-9 noyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi
10-15° iliq; 8 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 9 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq;
10 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 14-19° iliq; bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 8 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 9-10 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8-10 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 noyabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 8-10 noyabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.