Haftaning ikkinchi yarmida havo keskin sovuqlashadi
01.11.2021
Bugun respublikaning barcha hududlarida quruq, shamolsiz va nisbatan iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo 15-17° gacha isiydi. Shuningdek, qulay ob-havo mamlakatimiz aholisini hafta o‘rtasigacha quvontiradi.
Payshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo keskin o‘zgaradi. Mamlakatimizga Ural hududlaridan sovuq va biroz nam antisiklon kirib keladi. 4 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuni 4 noyabrda havo harorati 3-8° iliqqacha pasayadi, bu oy boshi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 12-15° ga past bo‘ladi.
Front kirib kelishida, ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
5 noyabrda sovuq antisiklon mamlakatning barcha hududlarini qamrab oladi. Yog‘ingarchilik faqat ayrim tog‘li hududlarda saqlanib turadi. Havo harorati kechasi 3-5° sovuqgacha, shimolda 7-10° sovuqgacha pasayadi, kunduz kuni harorat 3-8° iliqdan oshmaydi.