Sovuq havo massasi chekina boshlaydi
Bugun va ertaga respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat O‘zbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi, buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.