Joriy yilning 15 sentabr kuni O‘zgidromet mutaxassislari Bosh direktor rahbarligida "Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqaror rivojlanish"loyihasi bo‘yicha mintaqaviy kirish seminari va loyiha boshqaruv komitetining yig‘ilishida qatnashdilar.
Joriy yilning 14 sentabr kuni O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq strategik masalalar muhokama qilindi.
O‘tgan hafta davomida Volga bo‘yi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuchsizlanadi. Salqin havo sharqqa Qozog‘iston hududi tomonga qarab chekinadi.
Bugun O‘zbekistonda harorat 27-32° bo‘lgan quruq va nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda, bu ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqindir.