O‘zgidrometda BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zgidrometda BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

14.09.2021

O‘zgidrometda BMTTD O‘zbekistondagi doimiy vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 14 sentabr kuni O‘zgidromet Bosh direktori Sherzod Habibullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq strategik masalalar muhokama qilindi.

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq strategik masalalar muhokamasi:

- Ratifikatsiya qilingan Parij bitimi doirasida yangilangan MMBH (Milliy miqyosida belgildanadigan hissa) bo‘yicha hukumat qarorining holati;

- 2021 yil noyabr oyida Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan 26-Tomonlar Konferensiyasida yuqori darajadagi ishtirok etuvchi delegatsiyani shakllantirish holati. (26-TKda taqdim etilishi rejalashtirilgan delegatsiya tarkibi bo‘yicha);

- Orolbo‘yi mintaqasiga qaratilgan O‘zbekiston tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan sayd ivent holati;

- Milliy iqlim o‘zgarishi strategiyasini ishlab chiqish holati.

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhokamasi:

- Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasining Moslashtirish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan moslashtirish loyihasi (uning ish natijalarini mustaqil baholash va 2021 yil 30 noyabr kuni loyiha yakuni bo‘yicha qilingan ishlar);

- IO‘BDKning Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan milliy moslashtiruv loyihasi (amalga oshirish va O‘zgidromet tomonidan kutilayotgan natijalar).

2021 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan loyihalar:

- Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik (ushbu loyiha bo‘yicha kirish seminari 2021-yil 15-sentabrga mo‘ljallangan? Shu jumladan O‘zgidromet binosida loyiha jamoasi uchun ofisga joy ajratish borasidagi so‘rov);

- IO‘BDK Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan iqlim o‘zgarishida tabiiy xavf-xatarlarni kelib chiqishi oqibatida O‘zbekiston aholisining barqarorligini oshirish uchun erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish (2021 yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan);

- Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligiga oid siyosat choralari, buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha (loyihaning ikkinchi fazasini O‘zgidromet bilan kelishish).

Qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy masalalar

- Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni tezkor hal qilish uchun O‘zgidrometdan texnik mutaxassislarni tayinlash;

- O‘zgidromet mutaxassislarining iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarini strategik va tematik taraflama qo‘llab quvvatlash.