O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-6 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2024 YIL 4-6 OKTABR KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.10.2024

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 26-31o ni tashkil etadi, janubda ba’zi joylarda 33o gacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizi janubidan nam 
va nisbatan salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.

6 oktabrda respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlariga tuman tushishi mumikn.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, respublika bo‘yicha 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Havo harorati kechalari 5 oktabrda 12-17o ni, 6 oktabrda 10-15o ni tashkil etadi, kunduz kunlari 20-25o gacha pasayishi kutilmoqda.

 

Poytaxtimizda: 4 oktabrda kechqurun biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 
11-13 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-30o bo‘ladi.

5-6 oktabrda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. 

Havo harorati 5 oktabrda kechasi 15-17o, kunduzi 22-24o, 6 oktabrda 
kechasi 12-14o, kunduzi 20-22o bo‘ladi.

Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

 

 

2024 yil 4 oktabr

O‘zgidromet