Kecha issiq zaminimiz aholisini xursand qilgan ayozli va qorli ob-havoning sababi hududimizga Rossiyaning Yevropa hududidan (Moskva oblasti) kirib kelgan sovuq va nam havo massasidir. Butun respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.