Joriy yilning 27 dekabr kuni O‘zgidromet majlislar zalida navbatdagi markaziy apparat yig‘ilishi noan’anaviy tarzda o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev, Vazirlar mahkamasidan yetakchi mutaxassis Doniyor Turg‘unov, Bosh direktor o‘rinbosarlari Ibratjon Karimov va Feruz Safarovlar ishtirok etdilar.
Kecha issiq zaminimiz aholisini xursand qilgan ayozli va qorli ob-havoning sababi hududimizga Rossiyaning Yevropa hududidan (Moskva oblasti) kirib kelgan sovuq va nam havo massasidir. Butun respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.