Kuzning birinchi oyi - sentyabr ham oxiriga yetib kelmoqda. Ko‘pincha qulay harorat foni bilan sentabr oyi O‘zbekistonda yozga o‘xshaydi. Bu yil ham huddi shunday bo‘ldi. Respublika hududining katta qismida sentabr oyida yomg‘ir umuman yog‘madi.
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, Kavkaz hududlaridan kuchsiz ifodalangan antisiklon kirib kelishida faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi havo harorati 20-25° atrofida bo‘ladi.