Joriy yilning 26 yanvar kuni Buxoro gidrometeorologiya boshqarmasi tarkibiga qarashli qurilayotgan Buxoro tumanida agrometeorologik postda olib borilayotgan ishlarni kuzatish maqsadida O‘zgidromet xizmati markazi bosh direktori o‘rinbosari F.Safarov ish jarayoni bilan tanishdi.
O‘zgidromet tomonidan joriy yilining 2 yanvar kuni mobil laboratoriyada Bo‘stonliq tumani “Chorbog‘” MFY hududida (“Chorbog‘” suv atrofi) atmosfera havosini tabiiy ifloslansh holati bo‘yicha kuzatuv ishlari tashkil etildi. Kuzatuv tashkil etilishiga sabab ushbu hududda kuchli shamol ta’sirida atmosfera havosiga tashlanayotgan chang zarralarini aniqlashdan iborat bo‘ldi.