O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining “Yaqin kunlarda ob-havoda kutilayotgan o‘zgarishlar”ga bag‘ishlangan brifingi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining “Yaqin kunlarda ob-havoda kutilayotgan o‘zgarishlar”ga bag‘ishlangan brifingi bo‘lib o‘tdi

29.10.2021

#узгидромет #аимк #гидрометеорология #изменения_ погоды #брифинг

 Bugun soat 14-00 da O‘zbekiston Respublikasi Prizidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot kommunikatsiyalar agentligida “Yaqin kunlarda ob-havoda kutilayotgan o‘zgarishlar” yuzasidan brifing o‘tkazildi.

Brifingda O‘zgidromet Bosh direktori o‘rinbosari Firuz Safarov kelayotgan oylar uchun uzoq muddatli prognozlar bo‘limi mutaxasisilari tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida kuz mavsumining so‘nggi oyi va qishning dastlabki oylarida kutilayotgan havo harorati va yog‘ingarchiliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni keng jamoatchilikka taqdim etdi.

 

 Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda va 3-10o iliqni tashkil etadi.

Oy davomida havo harorati kechasi 0-5o sovuqgacha, kunduz kunlari 7-12o iliqgacha pasayishida sovuq to‘lqinlar va xavo harorati kechasi
5-10o iliqgacha, kunduz kunlari 17-22o iliqgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan kam, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yilning mos davrida noyabr oyi sovuq va nam ob-xavo kuzatilgan, o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 3-4o past. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lgan.

Dekabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘ladi, ba’zi joylarda undan 1,5-3o ga past bo‘lishi kutilmoqda.

Oy davomida harorat kechasi 5-10o sovuq, kunduz kunlari 3o sovuq
2o iliqgacha pasayadi sovuq to‘lqinlar va xavo harorati kechasi 2-7o iliqgacha, kunduz kunlari 12-17o iliqgacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

Shimolda havo harorati kechasi 10-15o sovuq, kunduz kunlari 2-7o sovuq bo‘ladi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yor atrofida bo‘ladi.

2020 yilning dekabr oyi sovuq va nam ob-xavo kuzatilgan, o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 3-5o past bo‘lib, Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliklar me’yordan kam bo‘ldi.

Uzoq muddatli ob-havo prognozlar bo‘limi mutaxasisilari tomonidan qish oyi uchun ob-havo prognozlarini ishlab chiqish noyabr oyining o‘rtalarida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli ob-havo prognozlarini ishlab chiqishda dunyo amaliyotida xozirgacha ishonchli
va aniq bir usul mavjud emasligi bois, turli xil usullar yordamida tuzilgan uzoq muddatli ob-havo prognozlarining oqlanish darajasi odatiy prognozlardan farqlanishi mumkin.