29-31 OKTABRGA PROGNOZ
29.10.2021
Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududining katta qismida bulutli va yog‘ingarchiliksiz sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Farg‘ona vodiysida kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘adi, Toshkent viloyatida esa kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz shivalama yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati 8-13o iliq atrofida bo‘ladi. Bu oktabr oyi oxirgi kunlari me’yoridan 4-5o pastdir.
Ertaga O‘zbekistonda bulutlilik nisbatan kam bo‘ladi, yog‘ingarchilik hatto tog‘li hududlarda kutilmaydi. Kechasi sovuq bo‘ladi, kechasi va ertalab harorat 0-3o iliqgacha pasayadi, kunduz kuni esa quyosh havoni 16-19o iliqgacha isitadi.
Yakshanba kuni respublika bo‘yicha havoda yana bulut ko‘payishi kutilmoqda, O‘zbekistonning ayrim hududlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, tog‘larda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Havo harorati kechasi 2-7o iliq, kunduzi 12-17o iliq atrofida bo‘ladi.