28 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
28.10.2021
28 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13о iliq boʼladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12о iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, yogʼingarchilik (yomg’ir, qor) yog’adi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8о iliq boʼladi.