DAM OLISh KUNLARI YОG‘INGARChILIK KUTILMAYDI

DAM OLISh KUNLARI YОG‘INGARChILIK KUTILMAYDI

22.10.2021

DAM OLISh KUNLARI YОG‘INGARChILIK KUTILMAYDI

Kecha kunduz kuni mamlakatimiz hududiga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va sovuq havo massalari kirib keldi. Mamlakatimiz hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘di, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatildi. Ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ldi. Kunduz kungi havo harorati 10-12° ga pasaydi.

Bugun respublika hududining kattta qismida quruq va sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat 8-13° iliqni tashkil etadi, bu oktabr oyining oxirigi o‘n kunligi uchun bo‘lgan iqlimiy me’yorlardan 8-10° ga pastdir. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha va respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik ehtimoli saqlanib turadi. Ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Dam olish kunlari O‘zbekistonnning barcha hududlarida quyoshli, lekin salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat me’yordan past bo‘ladi. Ertaga kechasi havo harorati 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi, kunduz kuni 11-16° iliqdan oshmaydi. Yakshanba kuni havo biroz iliq bo‘ladi, kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduz kuni 13-18° iliq bo‘ladi.