10 OKTABRGA OB-HAVO BASHORATI 9 oktabr soat 20 dan – 10 oktabr soat 20 gacha

10 OKTABRGA OB-HAVO BASHORATI 9 oktabr soat 20 dan – 10 oktabr soat 20 gacha

09.10.2021

MUHIM HODISALAR

9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

Havo harorati 10-12° ga pasayishi kutilmoqda.

9-11 oktabrda kunduz kunlari harorat 10-13° iliqni, 10-11 oktabrda kechalari 2-5° iliqni tashkil etadi. Shimolda
9-10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3° sovuqgacha bo‘ladi.

9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinish yomonlashadi.

9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

10 OKTABRGA OB-HAVO BASHORATI

9 oktabr soat 20 dan – 10 oktabr soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.  G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi
12-17° iliq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, Qashqadaryo viloyatida 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.