9 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
09.10.2021
MUXIM XODISALAR
9-11 oktabrda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Havo harorati 10-12o ga pasayishi kutilmoqda.
9-11 oktabrda kunduz kunlari harorat 10-13o iliqni, 10-11 oktabrda kechalari 2-5o iliqni tashkil etadi. Shimolda
9-10 oktabrda kechalari ba’zi joylarda 0-3o sovuqgacha bo‘ladi.
9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ko‘rinuvchanlik yomonlashadi.
9-10 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
9 OKTYABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o’zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg’ona viloyatlarida baʼzi joylarda yomg’ir yog’adi. Qashqadaryo viloyatida kunning birinchi yarmida baʼzi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʼingarchilik kutilmaydi. Shimoli sharqiy shamol yonalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15о iliq bo’ladi.
Toshkentda havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda.
Harorat 11-13о iliq boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, baʼzi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 3-8о iliq boʼladi.