OKTABR OYIDA BIZNI QANDAY OB-HAVO KUTMOQDA
05.10.2021
Ushbu yilning oktyabr oyi keskin sovuqdan boshlandi. Hududimizga Rossiyaning Yevropa hududining Markaziy qismidan kelgan sovuq havo massasi havo haroratini birdaniga 10-12° ga pasaytirdi. Kechalari termometr ustuni 3-6° gacha pasaydi, Qoraqalpog‘istonning shimoliy hududlarida esa birinchi kuzgi sovuq kuzatildi. Kunduz kungi harorat 15-18° dan oshmadi.
Shu haftaning oxirigacha Rossiyaning Yevropa qismi ustida joylashgan keng ko‘lamli sovuq antitsiklonning janubiy chekkasi ta’siri saqlanib turadi. O‘zbekistonda past harorat fonida harorat biroz o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Bulutli va yog‘ingarchilikli ob-havoda kunduz kunlari harorat 13-16° gacha pasayadi, havo ochiq bo‘lganda esa 19-22° gacha ko‘tariladi. Kechalari harorat 5-10° iliq atrofida bo‘ladi. Birinchi o‘n kunlikning oxirigacha o‘rtacha havo harorati ushbu davr uchun me’yoriy qiymatlardan 2-4° ga past bo‘ladi.
5 oktabrda O‘zbekistonning shimolida, 6 va 8-9 oktabrda respublikaning markaziy hududlarida va Farg‘ona vodiysida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 6-9 oktabrda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda jadalligi kuchli bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoldan holi emas.
Ushbu kunlarda tezligi birozdan o‘rtachagacha bo‘lgan asosan sharqiy yo‘nalishdagi shamol esadi, shimolda va cho‘l hududlarida 15-20 m/s gacha kuchayadi.
So‘ng, oktabr oyining oxirigacha harorat o‘zgarib turishi kutilmoqda – eng issiq kunlarda harorat 22-27° iliqqacha ko‘tariladi, eng sovuq kunlarda harorat 13-18° gacha pasayadi. Kechalari harorat 5-10° iliqdan 0-5° iliqgacha o‘zgarib turadi. Uchinchi o‘n kunlikda ba’zi joylarda 1° sovuqqacha bo‘lishi mumkin. Umuman oktabr oyi harorat tartibi bo‘yicha me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5° ga past bo‘lishi kutilmoqda.
Iqlimiy me’yorlarga asosan, O‘zbekistonning janubiy viloyatlari bo‘yicha oktabr oyida 3 kundan 5 kungacha, qolgan hududlarda 5 kundan 7 kungacha yog‘ingarchilik bo‘ladi. Oktabr oyida yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi, ammo keskin sovuq bo‘lishida yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi mumkin. Oxirgi marta 2018 yilning oktabr oyida Toshkentda yomg‘ir qorga aylanishi kuzatilgan.
Kechalari havo haroratining o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlari 6-11° ni tashkil etadi, kamdan kam hollarda oktabr oyida, ayniqsa oyning ikkinchi yarmida birinchi kuzgi sovuqlar kuzatiladi.
Oktabr oyida havo harorati odatda 23-28° iliqdan 10-15° iliqgacha o‘zgarib turadi.
Albatta, tabiat o‘z tuzatishlarini kiritadi va ba’zida haroratning haqiqiy qiymatlari yoki yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik davr uchun o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Masalan, Toshkentda butun bir asrdan ko‘proq meteorologik kuzatuvlar tarixida, ayrim yillarda oktyabr oyida maksimal havo harorati qiymatlari 33-36° ga yetgan. Oktabr oyi haroratining mutloq maksimumi 37,5° ni tashkil etadi, bunday harorat 1941 yilda kuzatilgan.
Oktabr oyida Toshkent uchun minimal harorat bo‘yicha rekord 11,2° sovuqni tashkil etadi, lekin bu ancha oldin o‘tgan asrning boshlarida bo‘lgan edi. Oxirgi 20 yilda Toshkentda minimal harorat 1-2° sovuqdan pastga tushmadi.
2015 yilning oktyabr oyida Toshkentda oktabr oyining 3,5 yog‘ingarchilik miqdori yog‘di, bunda bir kunda bir oylik me’yor (25 mm) kuzatilgan. Bu oxirgi 20 yil ichidagi eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan oktyabr oyidir.
Ammo o‘tgan yilning oktabr oyida Toshkentda umuman yog‘ingarchilik bo‘lmagan.
Bunday qiziqarli ma’lumotlarni meteorologik kuzatuvlar yilnomasini o‘rganish orqali aniqlash mumkin.
2021 yil 4 oktabr