30 SENTABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
30.09.2021
MUHIM HODISALAR
30 sentyabrda O’zbekistonning shimoliy hududlarga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo’yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8о iliqgacha, kunduz kunlari 12-17о iliqgacha, shimolda kechalari 0-5о iliqgacha, kunduz kunlari 10-15о iliqgacha pasayadi.
1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg’ir yog’adi,
2-3 oktyabrda tog’ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog’larda yogi’ngarchilik (yomg’ir qor) bo’ladi.
30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
30 SENTABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o’zgarib turadi, respublika bo’yicha yogʼingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’istonda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23-28о, shimolda 13-18о bo’ladi.
Toshkentda havo bilan o’zgarib tuardi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24-26о boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi, Toshkent viloyatining togʼli hududlarida baʼzi joylarda yomgʼir yogʼadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22о boʼladi.