29 SENTABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
29.09.2021
MUHIM HODISALAR
30 sentyabrda O’zbekistonning shimoliy hududlarga, 1-3 oktyabrda respublikaning qolgan hududlariga Volga bo’yi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) markaziy hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
1-3 oktyabrda havo harorati kechalari asta-sekin 3-8о iliqgacha, kunduz kunlari 12-17о iliqgacha, shimolda kechalari 0-5о iliqgacha, kunduz kunlari 10-15о iliqgacha pasayadi.
1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda, 3 oktyabrda Farg’ona vodiysi viloyatlarida yomg’ir yog’adi,
2-3 oktyabrda tog’ oldi va tog’li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin, baland tog’larda yogi’ngarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi.
30 sentyabrda va 1-2 oktyabrda respublika bo’yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
29 SENTABR KUNDUZ KUNIGА OB-HАVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda o’zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23-28о bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli boʼladi, vaqti-vaqti bilan o’zgarib tuardi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28о boʼladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, yogʼingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 17-22о boʼladi.