Hafta oxiriga ob-havo sharoiti o‘zgarishi kutilmoqda

Hafta oxiriga ob-havo sharoiti o‘zgarishi kutilmoqda

27.09.2021

Hafta oxiriga ob-havo sharoiti o‘zgarishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston hududi Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi hududlaridan kirib kelgan antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Barcha hududlarda quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning sharqiy hududlari va chekka shimoliy hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. O‘tgan dam olish kunlariga nisbatan harorat 8-10° ga pasayadi va 23-28° atrofida bo‘ladi, lekin bunday holat sentabr oyining oxirgi kunlari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yaqindir.

Keyinchalik, sentabr oyining oxirigacha O‘zbekistonda kuchsiz va biroz shamollar bilan barqaror quruq ob-havo saqlanib turadi, tekis harorat fonida kechalari 10-15°, kunduz kunlari 23-28° atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston bo‘yicha 30 sentabrda Rossiyaning Yevropa qismining markaziy hududlari ustida shakllangan yangi sovuq havo kirib keladi va ob-havo o‘zgaradi, yomg‘ir yog‘adi va kunduz kungi harorat 13-18° gacha pasayadi.

Oktabr oyining birinchi kunlarida sovuq havo kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi va harorat kechalari 7-12° gacha, kunduz kunlari 15-20° gacha pasayadi. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.